“Tanish Sokratning oldiga yugurib kelib baqirdi: — Do'sting haqida hozir eshitganimni bilasanmi?…”
masalfalsafa
Tanish Sokratning oldiga yugurib kelib baqirdi:
— Do’sting haqida hozir eshitganimni bilasanmi?
— To’xta, — uni Sokrat to’xtatdi. — Aytmoqchi bo’lgan narsangni uchta elakdan o’tkaz. Birinchisi — haqiqat elagi. Bu haqiqat ekanligiga ishonching komilmi?
— Yo’q, ko’chada eshitib qoldim, xolos.
— Ikkinchisi — yaxshilik elagi. Aytmoqchi bo’lgan narsang — bu yaxshilikmi?
— Aksincha.
— Uchinchisi esa — foyda elagi. Sizni bunchalik hayajonlantirgan narsani menga aytib berishga ehtiyoj bormi?
— Umuman olganda, yo’q.
— Demak, — jilmaydi Sokrat, — bunda na haqiqat, na yaxshilik, na foyda bor. Unda nima uchun gapirish kerak?
Manba: Telegram @livingfireworld














