«Gelon, Sirakuza shohi
Gelonning karfagenliklar bilan tuzgan tinchlik shartnomasi, menimcha, tarixda ma’lum bo‘lgan bu turdagi shartnomalarning eng go‘zalidi. U ulardan bolalarni qurbon qilishni bekor qilishni talab qildi. Bu chindan ham ajoyib! 300 ming karfagenlik ustidan g‘alaba qozonib, u ularga faqat o‘zlari uchun foydali bo‘lgan talabni qo‘ydi yoki to‘g‘rirog‘i, ular oldida insoniyat himoyachisi sifatida namoyon bo‘ldi.
Baqtriyaliklar o‘zlarining qari ota-onalarini katta itlarga yedirish uchun berishardi. Iskandar ularga buni taqiqladi va bu taqiq uning xurofotlar ustidan qozongan g‘alabasi edi.»
(Sharl Lui de Monteskyening «Qonunlar ruhi» kitobidan. Monteskye — Ma’rifat davrining fransuz yozuvchisi, huquqshunosi va faylasufi. Hokimiyatlar bo‘linishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan bo‘lib, u davlat hokimiyatining bir-biridan mustaqil, ammo bir-birini muvozanatlaydigan va nazorat qiladigan tarmoqlar — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati — o‘rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi. 1689-1755-yillarda yashagan).














